“Ayol uchun” — ijtimoiy-madaniy, ma’rifiy, ommaviy platforma. Ushbu loyiha o'z turmush tarzini rivojlantirish va yaxshi tomonga o'zgartirishga tayyor bo'lgan ayollarga ko'p tarmoqli intellektual yordam berishga qaratilgan. Har bir ayol baxtli bo'lishni, shuningdek, oila, sevimli ish va rivojlanish uyg'unlashgan holdagi hayotga intilishni orzu qiladi. Biroq, ko'pchilik ayollar vaqt va pul yetishmovchiligi sharoitida yashaydilar, o'zlarini unutadilar, o'z rejalari va orzularini "keyinga" qoldiradilar.
Hozirda ayollar uchun juda ko'p loyihalar, tavsiya va bloglar bor. Ular orasida sifatli va ishonchlisini saralash qiyin bo'lmoqda. Biz aynan shu masalaga yechim berish uchun mavzular bo'yicha tartiblangan, tekshirilgan, ish beradigan maslahatlardan iborat ishonchli platforma yaratishga qaror qildik. "Ayol uchun" jamoasi — bu turli yoshdagi ayol-qizlar muammosi bilan yaqindan tanishgan, ularni dildan eshitgan va safida ayollar hamda qizlar ishlaydigan kreativ jamoa. Aziz va latofatli ayollar, biz siz, oilangiz totuvligi, farzandingiz kamoli, asosiysi shaxsiy baxtingiz uchun uzoq izlandik va mazkur loyihani taqdim etmoqdamiz.
“Ayol uchun” ijtimoiy loyihasi — bu ayollar uchun oliy kasbiy va ijtimoiy soha mutaxassislaridan pazandachilik, psixologiya, go‘zallik va salomatlik, art - terapiya, bo‘yicha bilim olish imkoniyatidir.
Loyiha oʻquv-amaliy modullar tamoyili asosida qulay shaklda yaratilgan boʻlib, psixologlar, pardozchilar,smm mutaxassislar bilan – maʼruzachilar va yulduz murabbiylar tomonidan maʼruzalar, mahorat darslari va seminarlar oʻtkaziladi.
Ayol uchun — latofatli ayollar uchun yaratilgan loyiha.