FOYDАLАNISH QOIDАLАRI
1. Asosiy qoidalar
1.1. Mazkur qoidalar «AyolUchun» onlayn platformasidan foydalanishga doir majburiy normalar majmui bo‘lib, quyidagi bitimlarni tuzish uchun oferta hisoblanadi:
– operator (litsenziar) va foydalanuvchi (litsenziat) o‘rtasida tuziladigan litsenziarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan «AyolUchun» onlayn platformasidan tekin, oddiy nomutlaq, muddati cheklanmagan, xududiy jihatdan cheklanmagan holda foydalanish yuzasidan Litsenziya shartnomasi (Foydalanish bitimi);
– operator (xizmat ko’rsatuvchi) va foydalanuvchi o‘rtasida cheklangan muddatli Haq evaziga video-kurslar taqdim etish shartnomasi.
1.2. Foydalanuvchi platformada ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab mazkur ofertani litsenziya shartnomasi kesimida, shuningdek video-kurs uchun talab etilgan miqdordagi to’lov summani to’lagan vaqtdan esa Haq evaziga
video-kurslar taqdim etish shartnomasi kesimida (to‘liq) aksept qilgan (bitim tuzgan) hisoblanadi.
1.3. Foydalanuvchi Platforma va Axborot resursidan foydalanishdan oldin mazkur qoidalar va qonun talablari bilan tanishishi va maxsus qabul qilish belgisi orqali tasdiqlashi lozim.
2. Tushunchalar
2.1. Mazkur oferta maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Aksept – foydalanuvchi tomonidan ushbu oferta shartlarining to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi (bitim tuzishi).
Akkaunt (shaxsiy kabinet) – platformada shaxs ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tish mobaynida to‘ldirilgan o‘ziga tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hamda foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda kiritilgan login va parol bilan ximoyalangan virtual kabinet.
Axborot resursi – platformada mavjud axborot tizimidagi ma’lumotlar, matnlar, materiallar, grafik elementlar, dizayn, rasmlar, fotosuratlar va video materiallar, musiqa, skriptlar, kompyuter dasturlari va boshqa intellektual faoliyat natijalari.
Platforma – oferent tomonidan yaratilgan intellektual faoliyat natijasi bo‘lgan «AyolUchun» onlayn platformasi (intellektual mulk ob’ekti)da mazkur qoidalar (oferta)da belgilangan xizmatni taqdim etish imkonini beruvchi maxsus ilova / veb-sayt.
Taraflar (tomonlar) – oferta bo‘yicha bitim tuzishda ishtirok etayotgan operator va foydalanuvchi.
Foydalanuvchi – platformada belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, ofertaga roziligini tasdiqlagan voyaga yetgan jismoniy shaxs.
Xizmat – xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan, foydalanuvchiga muayyan kasb yoki malaka bo‘yicha video-kurslarni haq evaziga platforma vositasida internet orqali onlayn (masofaviy) tarzda taqdim qilish.
Xizmat ko‘rsatuvchi (litsenziar, oferent, operator) – O’zbekiston Respublikasi qonunlari bo‘yicha ro‘yhatdan o‘tgan va faoliyat yurituvchi «Imkon Uzbekistan» jamoat birlashmasi.
Tartibga soluvchi qonuni (qonun) – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bo‘lib, mazkur oferta bo‘yicha tartibga soluvchi qonuni (Governing law, Applicable law) hisoblanadi.
2.2. Mazkur qoidalar maqsadlari uchun «litsenziar» atamasi «xizmat ko‘rsatuvchi»ni, «operator»ni (va aksincha), shuningdek «foydalanuvchi» atamasi «litsenziat»ni (va aksincha) anglatadi.
3. Bitim predmeti va summasi
3.1. Mazkur ofertaning predmetiga muvofiq:
– Oferent, intellektual faoliyat natijasi (Platforma)ga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan litsenziar sifatida litsenziatga intellektual mulk ob’ektidan foydalanishga ruxsat beradi, litsenziar esa platformadan mazkur qoidalarda belgilangan tartibda foydalanish majburiyatini oladi;
– Xizmat ko‘rsatuvchi Foydalanuvchiga muayyan kasb yoki malaka bo‘yicha video-kurslarni haq evaziga platforma vositasida internet orqali onlayn (masofaviy) tarzda taqdim qiladi (xizmat ko’rsatadi), foydalanuvchi esa
video-kurslardan mazkur qoidalarda belgilangan tartibda haq evaziga foydalanadi.
3.2. Mazkur oferta bo’yicha video-kurslar uchun to’lov miqdori Xizmat ko’rsatuvchi tomonidan bir tomonlama o’rnatildadi.
3.3. Mazkur oferta bo‘yicha xizmat ko’rsatish va video-kurs taqdim etishning bir davriy sikli 3 oyni tashkil etadi.
3.4. Mazkur oferta bo‘yicha video-kurs platformada ushbu kurs uchun belgilangan to‘lovlar amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 3 oy muddat (bir davriy sikl) davomida taqdim etiladi.
4. Huquq va majburiyatlar
4.1. Foydalanuvchining huquqlari:
– Platformada e’lon qilingan ma’lumotlar bilan oldindan to‘liq tanishish, ulardan belgilangan tartibda foydalanish;
– Platformaga joylashtirgan shaxsiy ma’lumotlarini istalgan vaqtda tahrirlash yoki ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
– o‘ziga tushunarsiz holatlar yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan tashkil etilgan aloqa vositalar orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olish;
– istalgan vaqtda Platforma orqali ro‘yxatdan o‘tish, qayta ro‘yxatdan o‘tish (o’zgartirish) yoki ro‘yxatdan o‘tishni bekor qilish;
– xizmatdan foydalanish jarayonida vujudga kelgan savollar va/yoki ularga berilgan javoblarda noaniqlik va xato aniqlagan taqdirda, aloqa vositalari orqali platforma ma’sul shaxsga yoki ma’muriyatga murojaat etish;
– ushbu shartnomada ko‘zda tutilgan huquqlardan foydalanish, shuningdek o‘zga shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmaydigan, boshqa qonunlarda belgilangan huquqlardan foydalanish.
4.2. Foydalanuvchining majburiyatlari:
– Platformada faoliyat yuritish maqsadida foydalanilayotgan qurilmaning sozligi va foydalanish uchun minimal texnik talablarga javob berishi, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchiga bog‘liq bo‘lmagan har qanday holatlar bo‘yicha mas’uliyatni shaxsiy zimmasiga olish;
– Platformadan qonunga va ushbu qoidalarga zid ravishda foydalanmaslik, shuningdek Platformaga kiritilgan shaxsiy ma’lumotlarni va to‘lovlarni ongli ravishda va ixtiyoriy amalga oshirish;
– Platforma orqali shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, pornografik mazmundagi, giyohvand moddalar, qurol tarqatilishiga va ularga bo‘lgan qiziqish oshishiga turtki bo‘ladigan, terrorizmning istalgan shaklini, har qanday noqonuniy faoliyatni ommalashishiga olib keladigan materiallarni Platformaga aloqador ijtimoiy tarmoqlarga yubormaslik;
– shaxsiy ma’lulotlarini Platformaga kiritishda (ro‘yxatdan o‘tishda) boshqa shaxslarni tahqirlovchi, haqoratlovchi, qo‘pol, zararli, tajovuzkor, g‘iybatli, tuxmat va behayo mazmunga ega bo‘lgan yoki huquqiy normalarni buzadigan ma’lumotlarni joylashtirmaslik;
– Platformadagi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan shaxsiy kabinetga kirish uchun zarur bo‘lgan login va parolining platformaga kirish maqsadida foydalanilgan qurulmaning xavfsiz emasligi natijasida uchinchi shaxslarning ixtiyorida bo‘lib qolmasligini ta’minlash;
– mazkur qoidalar va qonunda belgilangan majburiyatlar va xalqaro huquq me’yorlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.
Foydalanuvchi tomonidan yuqoridagi majburiyatlar bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan qonunda va ushbu qoidalarda belgilangan tartibda chora ko‘rilishiga sabab bo‘ladi.
4.3. Xizmat ko‘rsatuvchining huquqlari:
– Foydalanuvchi akkaunti (shaxsiy kabineti) orqali bajarilgan barcha xarakatlar foydalanuvchi tomonidan bajarilgan deb hisoblash;
– Foydalanuvchi tomonidan Platformada amalga oshirgan har qanday harakat uchun javobgar bo‘lmaslik;
– Foydalanuvchi tomonidan ushbu qoidalarda belgilangan majburiyatlarni qo‘pol ravishda buzilgan yoki faoliyatni tashkil etish jarayonida boshqa qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish;
– Foydalanuchi Platformada amalga oshirgan har qanday harakatlar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash;
– Platforma interfeysi va xizmatlar ko‘rsatish jarayoniga, shuningdek, mazkur foydalanish qoidalariga bir tomonlama o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
– foydalanuvchi tomonidan to‘lov to‘liq amalga oshirilmaguniga qadar xizmat ko‘rsatmaslik;
– ushbu foydalanish qoidalari va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
4.4. Xizmat ko‘rsatuvchining majburiyatlari:
– Platforma va undagi barcha funksiyalarini uzluksiz ishlashini ta’minlash (xizmat ko‘rsatuvicha bog‘liq bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);
– Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlanishini ta’minlash;
– Platformaning yangi imkoniyatlari to‘g‘risida Platformada ma’lumot joylash;
– belgilangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lab borish;
– ushbu foydalanish qoidalari va qonunda ko‘zda tutilgan majburiyatlarni bajarish.
5. Foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazish
5.1. Platformaga kirish uchun foydalanuvchi veb-saytda / ilovada ro‘yxatdan o‘tish tartibini bajaradi va natijada foydalanuvchining shaxsiy kabineti (ID) yaratiladi va foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kiritgan login va parol orqali Shaxsiy kabinetga kirish huquqini oladi.
5.2. Platformada ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish shakliga muvofiq o‘zi haqida to‘g‘ri, to‘liq va aniq ma’lumot beradi. Foydalanuvchi o‘zi haqidagi ma’lumotlarni xaqqoniyligiga o‘zi javob beradi.
5.3. Basharti, Foydalanuvchi tomonidan yolg‘on yoki noaniq ma’lumotlar kiritilgan taqdirda yoki xizmat ko‘rsatuvchi kiritilgan ma’lumotlarni ishonchsiz deb hisoblashiga asos bo‘lsa, xizmat ko‘rsatuvchi ushbu ma’lumotlarning to‘g‘riligi tasdiqlanmagunga qadar foydalanuvchining shaxsiy kabinetidagi funksiyalarni qisman yoki to‘liq bloklash huquqiga ega.
5.4. Foydalanuvchi Platformada faqat bitta akkauntga ega bo‘lishi mumkin. Platformada ro‘yxatdan o‘tayotganda boshqa shaxsga taqlid qilish yoki uchinchi shaxslarning ma’lumotlarini taqdim etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5.5. Platformada foydalanuvchining avtorizatsiyasi (shaxsiy kabinetga kirish) login (ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchi ko‘rsatgan telefon raqami) va parol (kalit so‘z) asosida amalga oshiriladi.
5.6. Foydalanuvchi Platformada ro‘yxatdan o‘tish mobaynida parolni, xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan yuqori xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qo‘shimcha murakkablik talablarini inobatga olgan holda mustaqil ravishda o‘rnatadi.
5.7. Foydalanuvchi shaxsiy logini va parolining xafsizligi va uchunchi shaxslarga o‘tmasligi uchun shaxsan javobgardir.
5.8. Uchinchi shaxslar foydalanuvchining login va parolidan foydalanganligi uchun xizmat ko‘rsatuvchi javobgar emas.
5.9. Foydalanuvchi shaxsiy kabinet parolini unitgan hollarda va/yoki foydalanuvchi login va parolidan foydalanib platformaga uchinchi shaxslarning kirgan barcha holatlar to‘g‘risida zudlik bilan Platforma ma’sul xodimiga xabar beradi. Bunday xabar kelguniga qadar foydalanuvchi tomonidan login va parol yordamida amalga oshirilgan Axborot resursidan foydalanish bo‘yicha barcha harakatlar Foydalanuvchining o‘zi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
5.10. Xizmat ko‘rsatuvchi ushbu Qoidalarni buzganligi / bajarmasligi yoki foydalanuvchidan ushbu Qoidalarga muvofiq xabarnoma olgan taqdirda, shuningdek foydalanuvchi Shaxsiy kabinetidan ketma-ket 6 oydan ortiq muddat davomida foydalanmagan taqdirda Platformaning ayrim xizmatlariga kirishni cheklash, Foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga kirish imkoniyatini qayta verifikatsiya (tasdiqlash taomili)ga qadar blokirovka qilish huquqiga ega.
6. Xizmatlarni taqdim etish tartibi
6.1. Xizmat o‘zbek yoki rus rtilida, haq evaziga, to‘lovni oldindan to‘liq miqdorda amalga oshirish shartlarida taqdim qilinadi.
6.2. Xizmat mazkur oferta foydalanuvchi tomonidan aksept qilingan vaqtdan boshlab taqdim qilinadi.
6.3. Xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchi talab etiladigan barcha ma’lumotlarni to‘liq to‘ldirishi va video-kurs uchun belgilangan to’lovni amalga oshirishi lozim.
6.4. Xizmat Foydalanuvchiga tegishli video-kurs uchun to’lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 3 (uch) oy mobaynida ko‘rsatiladi va mazkur muddat tugagach, keyinchalik qo‘shimcha to‘lov evaziga xos muddatga uzaytirish imkoniyatini nazarda tutadi.
6.5. Video-kurs uchun to‘lovni Foydalanuvchi Platforma orqali bank kartasi raqami va muddatini kiritgan holda amalga oshiriladi.
6.6. Foydalanuvchi bank kartasi raqami va muddatini kiritish orqali tegishli video-kurs uchun to’lov summasi uning bank kartasidan echib olinishiga rozilik beradi.
6.7. Foydalanuvchi tegishli video-kurs uchun to’lovni amalga oshirgan vaqtdan ushbu video-kursdan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlanadi. Foydalanuvchi tegishli video-kurs uchun to’lovni amalga oshirgan vaqtdan xizmat ko‘rsatilgan hisoblanadi.
6.8. Mazkur ofertani amalga oshirish bilan bog‘liq amalga oshirilgan to‘lovlarga nisbatan Foydalanuvchining banki va bank korrespondent komissiyasi va boshqa xarajatlari Foydalanuvchi tomonidan, Xizmat ko‘rsatuvchining banki komissiyasi va boshqa xarajatlari Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan to‘lanadi.
6.9. Xizmat ko‘rsatuvchi o‘z xohishiga ko‘ra Platforma va Axborot resursining tarkibini shakllantiradi, uning alohida qismlarini o‘zgartiradi, yangilaydi, ulardan foydalanish tartibini belgilaydi, shuningdek Platforma va Axborot resursiga asoslangan holda mustaqil yoki unga bog‘langan boshqa turdagi xizmatlarni taklif etishga haqli.
6.10. Mazkur bitim doirasida hisob kitob valyutasi O’zbekiston Respublikasi so’mi hisoblanadi.
6.11. Mazkur bitim (qoidalar) bilan bog‘liq munosabatlarni aniqlashtirish maqsadida xizmat ko‘rsatish va litsenziyadan foydalanish joyi sifatida O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahri belgilanadi.
7. Platformadan foydalanish tartibi
7.1. Platformadan foydalanish uchun qurilmalar (shaxsiy kompyuter, noutbuk va boshqa) ushbu Qoidalarda belgilangan tavsiya etilgan minimal texnik talablarga javob berishi lozim. Qurilmalarning minimal texnik talablarga nomuvofiqligi xizmat ko‘rsatish sifatini va uzluksizligin ta’minlash borasida Xizmat ko‘rsatuvchining javobgarligini istisno etadi.
7.2. Platformada ro‘yxatdan o‘tish jarayonini tugatgandan so‘ng, foydalanuvchi Shaxsiy kabinetga kirish huquqini oladi. Shaxsiy kabinetda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari, shuningdek uning Platformadan foydalanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud.
7.3. Foydalanuvchiga Platformaning odatiy (normal) faoliyatini buzish, yo‘q qilish yoki cheklash uchun mo‘ljallangan viruslar yoki boshqa kompyuter kodlari, fayllar, dasturlarni o‘z ichiga olgan materiallarni yuklash, yuborish, uzatish yoki boshqa yo‘l bilan Platforma faoliyatiga ta’sir o‘tqazish taqiqlanadi. Qayd etilgan holatlarning aniqlanishi Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan tegishli vakolatli organlarga murojaat qilishga asos bo‘ladi.
7.4. Xizmat ko‘rsatuvchi Platformada ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga reklama va axborot xarakteridagi xabarlarini yuborish huquqiga ega.
7.5. Platformadan uzluksiz foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida foydalanuvchiga jami 3 (uch) tagacha foydalanish nuqtasidan Platformaga kirish imkoniyati yaratiladi. Xizmat ko‘rsatuvchi sababini tushuntirmagan holda, oldindan ogohlantirishsiz, o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanuvchi uchun belgilangan foydalanish nuqtalari sonini qisqartirishi yoki faqat bitta foydalanish nuqtasini taqdim etishga haqli.
7.6. Platformadan bir foydalanuvchiga tegishli identifikator (login va parol) orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta shaxslar tomonidan yoki bir nechta nuqtadan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Intellektual mulk
8.1. Platformada joylashtirilgan Axborot resursini tashkil etuvchi va barcha ob’ektlar, shu jumladan cheklanmagan ma’lumotlar, matnlar, materiallar, grafik elementlar, dizayn, rasmlar, foto va video materiallar, musiqa, skriptlar, kompyuter dasturlari, xizmatlar, tuzilma va ularga bo‘lgan huquqlar («Intellektual mulk ob’ektlari») Xizmat ko‘rsatuvchiga tegishli.
8.2. Foydalanuvchi unga foydalanish uchun taqdim qilingan barcha turdagi Intellektual mulk ob’ektlarini uchinchi shaxslarga har qanday shaklda tarqatishi taqiqlanadi.
8.3. Foydalanuvchi Intellektual mulk ob’ektlaridan faqat shaxsiy maqsadlarida ushbu Qoidalar va qonunda nazarda tutilgan shartlar doirasida Platformaning funksional imkoniyatlari doirasida foydalanishga haqli.
8.4. Foydalanuvchi Platforma orqali foydalangan Intellektual mulk ob’ektlarining unikal ID raqami vositasida Intellektual mulk ob’ektlarini uchinchi shahslarga Foydalanuvchi orqali tarqatilganligi aniqlangan taqdirda, Xizmat ko‘rsatuvchi ushbu foydalanuvchini javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.
8.5. Intellektual mulk ob’ektlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish maqsadida Xizmat ko‘rsatuvchi har qanday himoya vositalaridan – Intellektual mulk ob’ektlariga kirishni nazorat qiluvchi, taqiqlovchi, cheklovchi texnologiyalar, texnik vositalar yoki ularning tarkibiy qismlaridan foydalanishga haqli.
9. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va maxfiylik
9.1. Taraflar Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida olingan har qanday ma’lumotlari bilan ishlashda maxfiylikni ta’minlashni va ushbu ma’lumotlardan faqat yuqoridagi majburiyatlarni bajarish maqsadida foydalanishni va ushbu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyatini oladilar.
9.2. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishda shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etish orqali mazkur bitimni tartibga soluvchi qonun doirasida Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan ularga ishlov berishga (qayta ishlash) rozilik beradi. Ushbu rozilikni yozma shaklda rasmiylashtirilish talab etilmaydi.
9.3. Platformada ro‘yxatdan o‘tishda Foydalanuvchi quyidagi ma’lumotlarni majburiy tarzda taqdim etishi kerak: unga kirish uchun parol yuboriladigan telefon raqami, shuningdek familiyasi va ismi. Shuningdek, shaxsiy kabinetga kirishda boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar so‘ralishi mumkin.
9.4. Xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchini Platformada ro‘yxatdan o‘tkazish va unga avtorizatsiya qilish, shartnoma tuzish va rasmiylashtirish, shuningdek, foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlaydi.
9.5. Xizmat ko‘rsatuvchi quyidagi maqsadlarda foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga haqli:
• Foydalanuvchini platformada ro‘yhatdan o‘tkazish;
• Foydalanuvchi oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarish;
• foydalanuvchiga xizmatlarni taqdim etish, shu jumladan foydalanuvchi tomonidan shaxsiy (maqsadli) reklama olish;
• Foydalanuvchidan fikr va mulohaza olish, platforma ishini baholash va tahlil qilish;
• Platformaning xizmatlari va bo‘limlarini takomillashtirishga, shuningdek yangi xizmatlar va Platforma bo‘limlarini ishlab chiqishga imkon beradigan ma’lumotlarni tekshirish, o‘rganish va tahlil qilish;
• foydalanuvchi xabarnomalarini elektron pochta orqali, SMS shaklida, push xabarnomalar shaklida yuborish;
• Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan o‘tkaziladigan aksiyalarda g‘olibni aniqlash uchun;
• Xizmat predmetiga doir masalalr yuzasidan tatqiqot tashkil etish.
9.6. Xizmat ko‘rsatuvchi Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini ruxsatsiz kiritish, o‘zgartirish, oshkor qilish yoki yo‘q qilishdan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.
9.7. Xizmat ko‘rsatuvchi Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga faqat Platformaning ishlashi va Foydalanuvchiga xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash uchun ushbu ma’lumotlar zarur bo‘lgan xodimlar, agentlar, Xizmat ko‘rsatuvchining affillangan shaxslariga foydalanish uchun kirish huquqini beradi.
9.8. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni oshkor qilish sud va boshqa vakolatli idoralar iltimosiga binoan, shuningdek mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni oshkor qilish mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunning asosli va amaldagi talablariga muvofiq ravishda oshkor qilinishi majburiyatlarning buzilishi deb hisoblanmaydi.
9.9. Xizmat ko‘rsatuvchi qonun talablari doirasida (shu jumladan, foydalanuvchilarning noqonuniy harakatlarining oldini olish maqsadida) Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega.
9.10. Foydalanuvchi o‘zining akkaunti (shaxsiy kabineti)da joylashtirilgan ma’lumotlarning egasi hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatuvchi ma’lumotlarning shakllantirishda va foydalanishda ishtirok etmaydi, boshqa shaxslar Foydalanuvchining shaxsiy kabineti kirishini nazorat qilmaydi (ushbu Qoidalarda va qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno).
9.11. Shaxsiy kabinetda ma’lumotlarni, shu jumladan, uning shaxsiy ma’lumotlarini joylashtirish orqali Foydalanuvchi Platformaning arxitekturasi va funksionalligini hisobga olgan holda ushbu ma’lumot boshqa foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lishini tan oladi va roziligini bildiradi.
9.12. Foydalanuvchining Platformadagi har qanday shaxsiy ma’lumotlarini joylashtirilishi Foydalanuvchining o‘z tashabbusi va istagi bilan amalga oshirilib, Foydalanuvchi o‘zi joylashtirgan ma’lumotlarning mazmuni va qonunga muvofiqligi uchun mustaqil ravishda javobgar bo’ladi.
9.13. Foydalanuvchi o‘z sahifasidagi «Chiqish» tugmachasidan foydalangan holda sahifadan xavfsiz chiqish uchun shaxsan javobgar. Xizmat ko‘rsatuvchi ushbu Qoidalar shartlari foydalanuvchi tomonidan buzilishi natijasida shaxsiy ma’lumotlarning yo‘qolishi uchun javobgar emas.
9.14. Xizmat ko‘rsatuvchi, basharti, Foydalanuvchi ushbu qoidalar talabini buzganligi aniqlangan taqdirda, foydalanuvchining akkauntini hech qanday tushuntirishlarsiz bloklash yoki to‘liq o‘chirish huquqiga ega.
9.15. Foydalanuvchi Xizmat ko‘rsatuvchiga shaxsiy kabinetini o‘chirish istagi to‘g‘risida xabar berish orqali Platformadan foydalanishni to‘xtatishi mumkin.
9.16. Xizmat ko‘rsatuvchi Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, oshkor qilish yoki yo‘q qilishdan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi. Xizmat ko‘rsatuvchi Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga faqat Platformaning ishlashini ta’minlash, oferta shartlarini bajarish va Foydalanuvchiga xizmatlar ko‘rsatish uchun ushbu ma’lumotlarga muhtoj bo‘lgan Xizmat ko‘rsatuvchining xodimlari, pudratchilari va agentlariga kirish huquqini beradi.
9.17. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari, ya’ni familiyasi, ismi, otasining ismi, elektron pochta manzili, Platformada Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan boshqa ma’lumotlar Platformaning butun faoliyati davomida saqlanadi va qayta ishlanadi.
9.18. Xizmat ko‘rsatuvchi Platforma tarkibni shaxsiylashtirish va foydalanish tajribasini takomillashtirish maqsadlarida cookie-fayllardan foydalanadi. Cookie-fayllarni o‘chirish yoki blokirovka qilish Platformada foydalanuvchi interfeysiga ta’sir qilishi va Platformaning ba’zi tarkibiy qismlaridan foydalanishning cheklanishiga sabab bo‘ladi.
9.19. Xizmat ko‘rsatuvchi ushbu ofertani amalga oshirish jarayonida olingan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash va Foydalanuvchining roziligisiz ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
9.20. Xizmat ko‘rsatuvchi xizmat ko‘rsatish jarayonida affillangan shaxslar, pudratchilar va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishi shaxsga doir ma’lumotlarni maxfiyligini buzilishi hisoblanmaydi.
9.21. Agar Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan Foydalanuvchining shaxsiy kabineti yoki shaxsiga doir boshqa ma’lumotlarini uchinchi shaxs yoki zararli dasturiy ta’minotlar tomonidan ishlatilishi haqida shubha tug‘ilsa, Xizmat ko‘rsatuvchi platformaga kirishni bir tomonlama cheklash huquqiga ega.
10. Taraflarning javobgarligi
10.1. Taraflar mazkur qoidalar (oferta) va qonun talablarini buzganlik, majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
10.2. Xizmat ko‘rsatuvchi quyidagilar uchun javobgar bo‘lmaydi:
• Platformada ro‘yxatdan o‘tishda Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning aniqligi va to‘g‘riligi;
• Foydalanuvchining xizmatdan maqsadsiz, qonun va mazkur qoidalar talablariga zid ravishda foydalanishi natijasida uchinchi shaxslar oldida yuzaga majburiyatlar, shu jumladan har qanday zarar;
• platformada foydalanuvchilar va boshqa uchinchi shaxslar tomonidan o‘zgalar tomonidan qoldiriladigan izoh va sharhlar;
• Xizmat ko‘rsatuvchining aybi bilan sodir bo‘lgan holatlarni istisno qilganda Foydalanuvchining login va paroli yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lishi bo‘lishi natijasida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar;
• Xizmat ko‘rsatuvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra xizmat sifatining yomonlashishi, kechikishi, tizimdagi uzilishlar, shuningdek to‘lov tizimlari faoliyatidagi nuqsonlar.
10.3. Har qanday holatda, ushbu oferta qoidalaridan kelib chiqadigan yoki uning bajarilishi munosabati bilan Xizmat ko‘rsatuvchi javobgarligining hajmi (miqdori) Foydalanuvchi tomonidan to’langan pul miqdorida, lekin 1 000 000 (bir million) so’m ekvivalentidan oshmasligi kerak.
10.4. Foydalanuvchi unga taqdim qilingan barcha turdagi Intellektual mulk ob’ektlarini uchinchi shaxslarga qonun va mazkur qoidalar talablariga zid ravishda har qanday shaklda tarqatganligi unga nisbatan 10 000 000 (o‘n million) so’m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
10.5. Mazkur qoidalar va qonunda belgilangan jarimalarning to‘lanishi ikkinchi tarafga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha majburiyatdan ozod qilmaydi.
11. Axborot resursidan foydalanish uchun foydalanuvchi qurilmasiga texnik talablar
11.1. Platformaga kirishni ta’minlash uchun Foydalanuvchilarga quyidagi minimal parametrlarga ega qurilmadan foydalanish tavsiya qilinadi:
11.1.1. Ekran o‘lchamlari: 1024x768 piksel va undan yuqori.
11.1.2. Brauzerlarning (Google Chrome, Firefox, Safari, Internet Edge va boshqa) so‘nggi versiyalari.
11.1.3. Kamida 1024 Kbit/s tezlikda Internetga ulanish.
11.1.4. JAVA-SCRIPT tilidan foydalanishga ruxsat.
12. Yakuniy qoidalar
12.1. Ushbu Qoidalar va uni bajarish bilan bog‘liq barcha munosabatlar (masalalar) mazkur bitim va uni tartibga soluvchi qonunda belgilangan tartibda hal etiladi va ularga muvofiq talqin etiladi.
12.2. Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunga muvofiq hal qilinadi.
12.3. Foydalanuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida yuzaga kelgan ushbu Qoidalarni amalga oshirish bilan bog‘liq nizolar o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi. O‘z huquqlari buzilgan deb hisoblagan tomon boshqa tomonga nizoni ko‘rsatgan holda yozma (elektron) e’tiroz yuboradi. Agar nizo e’tiroz olingan kundan boshlab 10 ish kuni davomida hal qilinmasa, nizo mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
12.4. Ushbu qoidalarning muayyan qismi qonunda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilishi yoki boshqa tarzda ijrosining cheklanishi, Qoidalarning qolgan qismini amal qilishiga ta’sir etmaydi.
12.5. Ushbu qoidalar Platformada e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va amal qilish muddati cheklanmagan.
12.6. Mazkur qoidalar Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatuvchi qoidalarga o‘z ixtiyoriga ko‘ra istalgan vaqtda o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish (shu jumladan, qisman yoki to‘liq bekor qilish) huquqiga ega. Qoidalarning yangi tahriri platformada e’lon qilingan (joylashtirilgan) vaqtdan kuchga kiradi. Foydalanuvchi Qoidalarning yangilanishini platforma orqali mustaqil kuzatib boradi.
13. Oferentning rekvizitlari
Nomlanishi: «Imkon Uzbekistan» Jamoat birlashmasi
Manzil: 100170, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Ziyolilar ko’shasi, 9
STIR:207335649
IFUT: 94120
Tel.: +998 (91) 644-07-70
email: [email protected]
web: www.imkon.uz
Bank: АJ«Asaka bank» Toshkent shahar filiali
MFO (bank kodi): 00416
h/r 2021 2000 4053 5097 0001